|
|
|
yangiliklar
|
«Akfa-media» katta kasting e'lon qiladi!
|
Sana: 2010-08-14
|
"Akfa-media" kompaniyasi estrada sohasida o'z faoliyatini professional darajada yuritmoqchi bo'lgan iste'dodli, kelishgan, 18 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan, aktyorlik mahoratiga ega xonandalarni, shuningdek, 20 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan professional sozanda (klavish, bas, ritm, solo gutaralarida, duxovoy, udarnik) va bastakor yigitlarni kastingga taklif qiladi. O'zbek, rus, ingliz va boshqa tillarni bilishingiz siz uchun foydadan holi emas. Kasting ishtirokchilari faqat "Akfa-media" kompaniyasida ro'yhatga olinadi. Murojaat uchun tel: (+99897) 4480110, (+99871) 2428979 Manzil: S.Rahimov tumani, Beruniy-83 Kasting 20 avgustdan 30 avgustga qadar soat 11:00da bo'lib o'tadi. Kastingga tashrif buyuruvchilar o'zlari bilan passport va uning nusxasini, 3 dona rasm, CD-DVD disklarida plyus va minusovkalarni olib kelishlari so'raladi.
|
|
Ziyoda uchinchi albomini taqdim etadi!
|
Sana: 2010-07-19
|
Estradamiz yorqin yulduzi, maftunkor Ziyoda ijodga yanada jiddiy kirishib bormoqda. Yangi qo'shiqlar va ularga ishlanayotgan kliplardan tashqari Ziyoda o'zining hisob bo'yicha uchinchi albomini ham taqdim etish arafasida. Albom "Baxt to'la" deb nom oladi. Tez kunlarda muxlislar albomni shahrimiz musiqiy do'konlaridan harid qilishlari mumkin bo'ladi.
|
|
Jamshid va «Bojalar»dan duetni qarshi olamiz!
|
Sana: 2010-07-18
|
"Akfa-media" prodyuserlik markazi qoshida ijod qilib kelayotgan Jamshid o'zining "Baxtliman" taronasini yozib tugatdi. Qo'shiq ijodorlari bilan tanishing: bastakor Furqat Bobojonov, matn muallifi Timur. Ushbu taronaga klip ham suratga tushirish rejalashtirilgan. Undan tashqari Jamshid va Jahongir Poziljonov birgalikda duet ham kuylashadi. Qo'shiq "Firibgar" filmi uchun saundtrek tarzida ijro etiladi.
|
|
|
|
|