Yangiliklar

Super duet!!! Ruhshona va Avraam Russo!
Sana: 26-12-2011

O'zbek estradasining yorqin vakilasi Ruhshona hamda Rossiya estradasining mashhur namoyondasi Avraam Russo birgalikda duet kuylashdi. Kutilmaganda, taqdim etilayotgan bu yangilik barchani birdek quvonchli "shok" holatiga tushirsa ajab emas. Ayni daqiqalarda Ruhshona va Avraam Russo tomonidan ijro etilgan "Blagodaryu" taronasiga klip tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda. Biz esa o'z o'rnida ushbu klipning suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotolavhalarni sizlarga "Fotoalbom" sahifasi orqali taqdim etmoqdamiz. Ushbu qo'shiq matn va musiqa muallifi Shahnoz, aranjirovkasi esa Jasur Abdurahmonovga tegishli. Qo'shiq "Tarona Records" studiyasida yozildi. Klip esa "Akfa-media" pavilionida Mirmaqsud Oxunov hamda Rustam Murodov boshchiligida suratga olinmoqda. Tez kunda klipni kutib qoling!

Ruhshonaning «Imkon bo'lmasa» klipi!
Sana: 13-12-2011

Tobora reytingi ko'tarilib borayotgan xonanda Ruhshonaning yangi qo'shig'iga klip tasvirga tushirildi. "Imkon bo'lmasa" deb nomlangan ushbu qo'shiqqa ishlangan klip rejissori Sarvar Karimov bo'lsa, operatori Izzatilla Lutfullaev hisoblanadi. Voqeaviy tarzda suratga olingan mazkur klip va qo'shiq bugun saytimiz sahifalaridan o'rin egalladi. Marhamat, tinglab, tomosha qilib, o'zingiz baho bering!

Kastingga marhamat!
Sana: 08-11-2011

Siz go'zalsiz, latofatli, betekror... sizda qo'shiq kuylashga bo'lgan mahorat kuchli san'atga bo'lgan qiziqsh doimo siz bilan birgami? "Akfa-media" prodyusserlik markazi tanlov e'lon qiladi: 16 yoshdan yuqori bo'lgan kuchli mahoratga ega qo'shiq kuylash bo'yicha xonandalikka qizlar o'rtasida tanlov o'tkaziladi. Tanlov muddati: 2011 yil 22 noyabrdan 24 noyabrga qadar soat 11:00 da bo'lib o'tadi. Faqat qizlar uchun! Manzil tinchlik metro bekati "O'zGazLoyiha" binosi 4 qavat. O'z iste'dodingizni "Akfa-media" prodyusserlik markazi bilan namoyon eting.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | Keyingi | So'nggi


Yangi videoklip

So'rovnoma

"Akfa-media"ning qaysi xonandasining ijodi sizga manzur?
Ruhshona
Umidaxon
Hammasi
Sirojiddin

Biz bilan aloqa

Prodyuser:
Tel.: (+99897) 3320806
E-mail: producer@akfa-media.uz

Press-attashe:
Tel.: (+99871) 2428979
E-mail: press@akfa-media.uz

Sayt bo'yicha:
E-mail: info@akfa-media.uz

Reklama